Foto: Shimoliy Karolinada tartibsizliklar

Jamiyat 11:41 / 21.09.2016 6414

Politsiya qurolsiz afroamerikalikni otib o‘ldirishi bilan bog‘liq voqeadan keyin Shimoliy Kaliforniyada norozilik namoyishlari boshlandi.

Sharlott shahri aholisi Lamont Skottning o‘ldirilishiga qarshi ko‘chalarga chiqqach, politsiya ularni tarqatish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘lmoqda.

43 yoshli afroamerikalikning o‘ldirilishi voqeasi seshanba kuniga o‘tar kechasi ro‘y bergandi. Politsiya shahar shimoli-sharqida reyd o‘tkazayotganida, avtomobildan tushib kelgan qora tanli yigitni ko‘rgan. Ularga bu shaxsning qo‘lida avtomat bordek ko‘ringan.

Politsiya hisobotida "zobitga mavjud o‘lim xavfini bartaraf etish uchun" o‘t ochilgani qayd etilgan.

Politsiyachilar bu erkakka birinchi yordamni ko‘rsatishga urinishgan, ammo shifoxonada uning o‘limi qayd etilgan.

Marhumga o‘t ochgan politsiyachi ham qora tanli ekani qayd etilgan.

WSOCTV telekanali xabariga ko‘ra, Skottning oilasidagilar uning qurol olib yurmasligini, o‘sha vaqtda u o‘z o‘g‘lini maktabdan olib ketish uchun kutib turgan bo‘lganini aytishgan.

Ko‘proq yangiliklar: