Armaniston Mustaqillik kunini nishonlamoqda

Jahon 07:50 / 21.09.2016 6727

Armaniston Respublikasi aholisi mamlakat Mustaqilligining 25-yilligini tantana qilmoqda. 

21 sentabrda respublika poytaxti Yerevan shahrida qator bayram tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Ertalab hukumat rahbarlari an'anaga ko‘ra "Yerablur" xotira majmuasiga tashrif buyurishadi.

Shundan so‘ng poytaxtning bosh — Respublika maydonida — harbiy parad bo‘lib o‘tadi. 
Bayram tantanalari Respublika maydonidagi feyyerverk bilan yakunlanadi. 

Armaniston Mustaqillik deklaratsiyasi 1990 yil 23 avgust kuni qabul qilingan. Mazkur hujjat bilan Armaniston SSRga barham berilgandi. 

Armaniston Oliy kengashining qarori bilan 1991 yil 21 sentabrda SSSR tarkibidan chiqish to‘g‘risida referendum o‘tkazilgan, unda 94,99 foiz fuqaro bu taklifni ma'qullagan. Shundan so‘ng, 2 kun o‘tgach, respublika Oliy kengashi Armanistonni mustaqil davlat deya e'lon qilgan edi. 


 

Ko‘proq yangiliklar: