Turkiyada Gulen bilan aloqador bo‘lgan "Qirg‘iziston imomi" ushlandi

Jahon 21:23 / 20.09.2016 10641

Turkiyaning Zo‘nguldak shahrida muxolif imom Fathulla Gulenning harakati bilan til biriktirganlikda gumon qilingan 43 yoshli Aziz Ashchi ushlandi. Bu haqda Naberler nashri xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Ashchi "Qirg‘iziston imomi" degan nom bilan ham ma'lum bo‘lgan. Ashchining o‘zi ayblovlarni rad etmoqda va Gulenning harakatiga hech qanday aloqasi yo‘qligini, aksincha unga qarshi kurashishini aytgan.

Nashrning ma'lum qilishicha, Ashchi 1997 yilda Bishkekka ko‘chib o‘tib, bu yerda mebel saloni ochgan va turkiyalik tadbirkorlar uchun ekskursiyalar uyushtirgan. "Men Gulen harakatiga aloqam yo‘q va uning a'zosi emasman. Mening biznesim ham unga hech qanday aloqasi yo‘q. Men yillar davomida ular bilan kurashib kelaman. Agar meni ular bilan nimadir bog‘laganda, men davlat to‘ntaruvidan keyin Turkiyaga kelmasdim", deb aytgan Ashchi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayevni "Gulen to‘dasiga" munosabatini o‘zgartirishga chaqirgan. Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bunga javoban Qirg‘iziston mustaqil va suveren davlat ekanligini eslatib qo‘ygan.

 

Ko‘proq yangiliklar: