OAV Atambayev haqida oxirgi ma'lumotlarni tarqatdi

Jahon 14:56 / 20.09.2016 19152

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Egey sohilidagi kasalxonalardan biriga yotqizilgan. Bu haqda Turkiyadagi Sozcu gazetasi xabar tarqatgan.

Manbaning xabar qilishicha, Qirg‘iziston prezidenti puxta tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va bir oz muddat shifokorlar nazoratida bo‘ladi.

Bundan avvalroq Almazbek Atambayev qisqa muddatli ta'tilga chiqqani va 1 oktabr kuni ishga qaytishi xabar qilingandi.

Qirg‘iziston prezidenti 19 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok etish uchun AQShga yo‘l olgandi. Samolyot Nyu-Yorkka uchish davomida Turkiyadagi Otaturk aeroportiga qo‘nganida prezident o‘zini yomon his qildi va ko‘kragidagi og‘riqdan shikoyat qildi. Shundan so‘ng uni xususiy samolyot orqali Egey sohilidagi shaharlardan biriga olib ketishgani aytilgan.

Shu bilan bir vaqtda Haberler portalida yozilishicha, Atambayev kasalxonaga yotqizilmagan va Turkiya g‘arbidagi Chashma shahrida joylashgan Sheraton mehmonxonasida qolgan.

Ko‘proq yangiliklar: