Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston 17:28 / 20.09.2016 46367

18 sentabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent shahri hokimiyati matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Shu kuni O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Yunusobod tumani hokimligida Toshkent shahri va tumanlari hokimliklari, boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari va faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan.

Ish faoliyatida muntazam qoloqlik va jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shomansur Ahmedov hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Saidakbar Po‘latov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Bundan tashqari, tumanning bir qator mutasaddi idoralari rahbarlari — prokuror Timur Normuhammedov, davlat soliq inspeksiyasi rahbari Abdurauf Karimov jiddiy ogohlantirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: