Kosta-Rikada uyg‘ongan vulqon tufayli poytaxtdagi aeroport yopildi

Jahon 15:18 / 20.09.2016 4632

Kosta-Rikada aviatsiya boshqarmasi seshanba kuni poytaxt San-Xosedagi "Xuan Santamaria" aeroportida reyslarni qabul qilish to‘xtatilgani haqida ma'lum qildi. Bunga Turrialba vulqoni uyg‘ongani sabab bo‘lgan.

Vulqondan kul otila boshlagach, 8ta samolyot boshqa yo‘nalishga ko‘chirilib, Kosta-Rika shimoliga va qo‘shni davlat Sanlvadorga qo‘ndirilgan.

"Xuan Santamaria" aeroporti Kosta-Rika poytaxti San-Xose shahridan 17 km masofada, Turrialba vulqoni esa 36 km masofada joylashgan.

Kosta-rikalik vulqonshunoslar ma'lumotlariga ko‘ra, vulqon og‘zidan otilgan kul 4 ming metr balandlikkacha ko‘tarilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: