Fotogalereya: Suriyada insonparvarlik yordami karvoni o‘qqa tutilishi

Jahon 21:33 / 20.09.2016 15580

20 sentabrga o‘tar kechasi, Suriya hukumati o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuv muddati yakunlanganidan keyinroq Halab viloyati hududida BMTning insonparvarlik yuklari ortilgan karvoni hujumga uchradi.

19 sentabr kunining birinchi yarmida BMT matbuot xizmati Halab va Xoms viloyatlaridagi 160 ming aholi uchun gumanitar yordam jo‘natganligini ma'lum qilgandi. BMTning ijtimoiy yordam karvoni Halab shimoli-g‘arbidagi Urum-al Kubro tumanida o‘qqa tutilgan. BMTning ma'lumotiga ko‘ra, 31ta yuk mashinasidan 18tasi o‘qqa duch kelgan.

Xalqaro Qizil xoch jamiyati hujum natijasida 12 nafar ko‘ngilli va bir necha nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganini tasdiqladi.

Bu hujum "Jabhat an-Nusra" jangarilari tomonidan amalga oshirilgani aytildi.

21 sentabr kuni BMT Suriyaga insonparvarlik yordamlari yetkazish to‘xtatilganini ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: