Obama Hillari Klinton va Trampni qiyosladi

Jahon 11:28 / 19.09.2016 9880

AQSh prezidenti Barak Obama Demokratlar partiyasidan mamlakat prezidentligi uchun nomzod Hillari Klintonni uning aqli, kuchi va qat'iyatli fikri uchun olqishlagan. 

Ayni chog‘da, Obama «boshqa nomzod» — respublikachi Donald Trampni tanqid qilgan. Obamaning fikricha, Tramp prezident bo‘lishga noloyiqdir. Bundan tashqari, u davlat rahbari lavozimida turli xil murakkab vazifalarni hal etish uchun o‘z salohiyatini rivojlantirishni xohlamaydi, deb xabar qilmoqda Associated Press.

Qayd etilishicha, Obama taniqli restorator Denni Meyyer tomonidan uyushtirilgan xayriya kechki nonushtasi chog‘ida shunday fikrlarni bildirgan.

Xabarda aytilishicha, marosimda qatnashgan 65 nafar mehmonning har biri chipta uchun 25 ming dollardan to‘lagan. 

Kechadan tushgan mablag‘lar Demokratik partiya milliy qo‘mitasiga topshiriladi va Klinton saylovoldi kampaniyasiga yo‘naltiriladi. 

Ko‘proq yangiliklar: