OAV: Nyu-Yorkdagi portlash yuzasidan 5 kishi qo‘lga olindi

Jahon 09:39 / 19.09.2016 5021

AQShda sodir bo‘lgan Nyu-Yorkdagi portlash yuzasidan 5 nafar kishi qo‘lga olindi. Bu haqida ABC News xabar berdi

Nyu-York FQB va politsiyasi yakshanba kuni Nyu-York hamda Bruklinni birlashtiruvchi ko‘prikdagi harakatni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yganidan so‘ng qo‘lga olish ishlari amalga oshirildi. 

Manbaga ko‘ra, 17 sentabr, shanba kuni kechqurun Manxettenning g‘arbiy qismi - Chelsi tumani, 23-ko‘cha, 6- va 7-avenyularning o‘rtasida portlash sodir etilgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 29 kishi jabrlangan, ulardan ba'zilarining jarohati jiddiy. 

Yana bir portlash esa Nyu-Jyersi shtatida sodir etilgan. 

Bundan tashqari, Nyu-York va Nyu-Jyersida portlashga ulgurmagan moslamalar ham topilgan.

Ko‘proq yangiliklar: