Nazarboyevning qizi Qozog‘iston Senati majlisida qo‘mita rahbari etib saylandi

Jahon 14:34 / 16.09.2016 12221

Qozog‘iston Senati (parlamentning yuqori palatasi) deputatlari mamlakat prezidentining qizi Darig‘a Nazarboyevaning tashqi ishlar, muhofaza va xavfsizlik bo‘yicha palata doimiy qo‘mitasining raisi lavozimiga tayinlanishi uchun ovoz berishdi.

"Nazarboyeva Darig‘a Nursultonovnani Tashqi ishlar, muhofaza va xavfsizlik bo‘yicha doimiy qo‘mita raisi etib saylashni taklif qilaman", - dedi palata spikeri Qosim-Jo‘mart Tokayev payshanba kuni senatning yalpi majlisida.

Senat deputatlari ushbu taklifni ochiq ovozga qo‘yish yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashdi.
 

Ko‘proq yangiliklar: