Kun sensatsiyasi. "MYu" Yevropa Ligasini mag‘lubiyat bilan boshladi

Sport 00:28 / 16.09.2016 12126

"Manchester Yunayted" jamoasi Yevropa Ligasining 1-tur uchrashuvini Niderlandiyada "Feyyenoord"ga qarshi o‘tkazdi. 

Kutilmaganda, mankunianliklar musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi. Uchrashuvning 79-daqiqasida Tonni de Vilxena tomonidan kiritilgan yagona gol bahs taqdirini hal qildi. Joze Mourino shogirdlari gol qo‘yib yuborganidan keyin qator imkoniyatlarga ega bo‘lganiga qaramay, muvozanatni tiklay olishgani yo‘q. Shunday qilib, "MYu" Yevropa Ligasining 1-turida sensatsiya ko‘rsatgan holda, mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rdi. 

Yevropa Ligasi, 1-tur, "A" guruhi

"Feyyenoord" - "Manchester Yunayted" - 1:0

Gol: de Vilena, 79

"Feyyenoord" – Jons, Bottegin, Kongolo, Karsdorp (Niukop, 90), van der Xeyden, Tornstra, El-Ahmadiy, Kyuyt, de Vilxena, Bergeys (Basajikoglu, 68), Yorgensen.

"Manchester Yunayted" – De Xea, Smolling, Roxo, Darmian, Bayi, Mata (Yang, 63), Shnayderlin, Errera, Pogba, Marsyal (Depay, 63), Reshford (Ibrahimovich, 63).

Ogohlantirish: van der Xeyden (23).

Ko‘proq yangiliklar: