“Chelsi” – “Liverpul” bahsi bilan APLda 5-tur start oladi

Sport 15:43 / 16.09.2016 7769

Bugun tunda APLning 5-tur uchrashuvlari start oladi. Turning ilk uchrashuvi Londondagi “Stemford Brij” o‘yingohida “Chelsi” va “Liverpul” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

APLning ikki grandlari o‘rtasidagi navbatdagi qarama-qarshilik Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi. Avvalgi turda “Liverpul” amaldagi chempion “Lester”ni 4:1 hisobida mag‘lub qilgan edi. “Chelsi” esa “Suonsi” mehmoni bo‘lib, arang 2:2 hisobida durang natija qayd etdi.

O‘yindan avval ikkala jamoada ham o‘ziga yarasha yo‘qotishlar mavjud. Jumladan, “Chelsi” sardori Jon Terri jarohati tufayli o‘yinda ishtirok eta olmasligi ma'lum. Uning joyini yaqinda jamoaga qaytib kelgan David Luiz egallashi kutilmoqda.

“Liverpul”da ham yo‘qotish bor. Jamoa yarim himoyachisi Emre Jan hamon jarohatidan forig‘ bo‘lmaganligi uchun “Chelsi”ga qarshi o‘yinda qatnasha olmaydi. Himoyachi Deyan Lovren esa maydonga tushishi mumkin.

APL, 5-tur

00:00, “Chelsi” – “Liverpul”.

Ko‘proq yangiliklar: