Di Kaprio «Oskar»ini qayerda saqlashini ma'lum qildi

Jamiyat 21:29 / 15.09.2016 14416

Aktyor Leonardo Di Kaprio o‘z «Oskar»ini qayerda saqlanishini aytib berdi. 

«Men uni (ya'ni «Oskar») qayerda saqlayman? Men uni mehmonxonada saqlayman», — dedi aktyor Access Hollywood intervyusida. 

Shuningdek, Di Kaprio o‘zining yangi filmlari haqida ham xabar berdi, jumladan — iqlim o‘zgarishi muammolariga bag‘ishlangan Before the Flood filmi haqida.

Leonardo Di Kaprio 2016 yilda «Omon qolgan» filmidagi roli uchun eng yaxshi erkak aktyor sifatida «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu vaqtga qadar "Oskar" mukofotiga uning nomzodi to‘rt marotaba qo‘yilgan: 1994 yil («Gilbert Greyp nima yeydi»), 2004 yil («Aviator»), 2006 yil («Qonli olmos») va 2014 yil («Uoll-stritlik qashqirlar»).

Ko‘proq yangiliklar: