Tramp iPhone ishlab chiqarilishini AQShga ko‘chirishga va'da berdi

Fan-texnika 12:40 / 14.09.2016 7805

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp prezident etib saylangandan keyin  Apple va boshqa AQSh kompaniyalari o‘z mahsulotlarini AQShda ishlab chiqarishni boshlashlariga ishonchi komilligini aytdi. U bu haqda Ayova shtatida saylovchilar oldidagi nutqida aytib o‘tdi. 

"Apple va boshqa yirik kompaniyalar o‘zlarining iPhone’lari, kompyuterlari va boshqa mahsulotlarni Xitoyda, boshqa davlatlarda emas, Amerikada ishlab chiqara boshlaydilar. Biz o‘z davlatimizda ishlab chiqaramiz va ishchi o‘rinlar yaratamiz, bu esa mamlakatimiz uchun yaxshidir", deb aytdi Tramp.

Tramp amerikaliklarga "yaxshi savdo kelishuvlarini" va'da berdi. Tramp NAFTA’ni (Shimoliy Amerika erkin savdo haqidagi kelishuv) "tarixdagi eng yomoni" ekanini aytdi va AQShning amaldagi ma'muriyati tomonidan taklif qilingan Tinch okeani savdo hamkorligi haqidagi kelishuv "yanada yomonroq bo‘lishidan" ogohlantirdi.

"Men bu haqda fikr qildim, ular (Obama ma'muriyati va Klinton) boshqa davlatlar muvaffaqiyatliroq bo‘lishini istashayotgan ko‘rinadi. Biz bunga chek qo‘yamiz", deb aytdi Tramp. "Amerika mashinalari yo‘llarda kezib yuradi, Amerika samolyotlari osmonni egallaydi, kemalari dengizni nazorat qiladi", deb va'da berdi Tramp. 

Trampning chiqishi 50 daqiqadan ko‘proqqa ushlanib qoldi va zalning "Biz Trampni istaymiz" degan hayqiriqlariga qaramasdan, Tramp prezidentlik saylovlari bo‘yicha asosiy raqibi Xillari Klintonni qo‘llab-quvvatlash uchun Filadelfiya shtatida AQSh prezidenti Barak Obama o‘z chiqishini boshlamaguncha sahnaga chiqmadi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: