Obama Putin va Saddam Husaynning reytingini qiyosladi

Jahon 00:44 / 14.09.2016 23977

AQSh davlat rahbari Barak Obama mamlakat prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlovchi kampaniyadagi chiqishida Rossiya rahbari Vladimir Putinni Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning asosiy modeli, deb atadi. Bu haqida The Guardian nashri xabar berdi. 

"Bir o‘ylab ko‘ring: "U (Putin) kuchli yigit. Qarang, uni qo‘llab-quvvatlash reytingi 82 foizni tashkil qiladi". Qarang - Saddam Husaynning reytingi ham 90 foiz bo‘lgan. Boshqacha o‘ylaydiganlarni hibsga olsang, shunday bo‘ladi. Bu inson - Donald Trampning asosiy modeli ekanligi haqida bir o‘ylab ko‘ring-a", - dedi Obama. 

Shuningdek u Respublikachilar partiyasining avval Putinga qarshi bo‘lganini eslatib o‘tdi va birga ishlashga to‘g‘ri kelishidan qat'i nazar, Rossiya prezidentini o‘zining asosiy modeli, deb hisoblamasligini ta'kidladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: