OAV: Eron AQSh ayg‘oqchi samolyotlarini urib tushirish bilan tahdid qildi

Jahon 09:39 / 13.09.2016 8021

Eron 10 sentabr kuni o‘z chegarasi yaqinidan uchib o‘tgan AQShning ikkita ayg‘oqchi samolyotini urib tushirish bilan tahdid qilgan, deb xabar qilmoqda Fox News telekanali o‘z manbasiga tayangan holda. 

Shanba, 10 sentabr kuni Amerikaning bortida 9 kishi bo‘lgan P-8 Poseidon hamda 24 mutaxassis bo‘lgan EP-3 Eries razvedka samolyotlari Eron sohillaridan 13 mil uzoqlikda uchib o‘tgan. Quruqlikdan dengizning 12 miligacha bo‘lgan hududi Eron chegarasi hisoblanadi. Eron tomoni parvozlar vaqtida ularga urib tushirish bilan tahdid qilgan. AQSh samolyotlari ularning ogohlantirishiga e'tibor bermay, xalqaro havo kengligida parvozini davom ettirgan. 

Amerika hukumatidagi manbaning telekanalga ma'lum qilishicha, ular shu bilan Eron reaksiyasini sinagan. 

Voqeadan so‘ng, Amerika tomoni Eronning hatti-harakatlarini «noprofessional» deb baholagan, biroq mazkur voqeani xavfsiz deb hisoblaydi, chunki ularning ixtiyoridagi ma'lumotlarga ko‘ra, Eron mazkur hududda havo hujumidan mudofaa vositalariga ega emas. 
 

Ko‘proq yangiliklar: