Yaponiyada arilar tinchini buzgan sportchilardan o‘ch oldi

Jamiyat 09:59 / 13.09.2016 6471

115 Yaponiyaning Xide shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro yengil atletika marafonida ishtirok etganlarning 115 nafari arilar hujumidan aziyat chekishdi, deb xabar qilmoqda Marca. 

Hodisa marafon qatnashchilari ko‘prikdan yugurib o‘tayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Sportchilarning shovqini va vibratsiyasidan arilar uyasining tinchi buzilgan va hasharotlar buning uchun yuguruvchilarni yanada tezroq yugurishga majbur qilib, jazolagan. Natijada, 8 kishi ari chaqishidan vujudga kelgan allergiya tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Umuman, marafonda bir yarim mingdan ortiq kishi ishtirok etgan, polumarafonda esa, 697 nafar yuguruvchi qatnashgan. 
 

Ko‘proq yangiliklar: