Tramp: Klinton qotillik ham qila oladi

Jahon 09:23 / 10.09.2016 8681

AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasi nomzodi milliarder Donald Tramp saylovchilar bilan uchrashuvida aytishicha, uning saylovdagi raqibi demokrat Hillari Klinton odam o‘ldirib ham odil sudlov ta'qibidan qutilib qola oladi, deb xabar qilmoqda CNN.

«U (Hillari Klinton)ning himoyasi juda kuchli. U hoziroq minbarga chiqib, 20 ming kishining ko‘z o‘ngida istagan insonni otishi mumkin. Marhumning to‘g‘ri yuragidan otsa ham unga hech narsa bo‘lmaydi, tushunarlimi?» — degan Tramp, qo‘li bilan otgandek ishora qilar ekan. 

Respublikachi nomzod FQB tomonidan Klintonning maxfiy ma'lumotlarni jo‘natishda xususiy pochta serveridan foydalanganiga oid tergov ishlari borasida fikrini shu tarzda izhor qilgan. Uzoq davom etgan surishtiruv ishlari natijasiga ko‘ra, mamlakat hukumati Klintonga ayblov e'lon qilmaslikka qaror qilgan. 

Ta'kidlanishicha, Trampning Klinton haqidagi bu so‘zlari avvaldan tayyorlangan matnda bo‘lmagan. 

Avvalroq, Respublikachi nomzod Klintonning muvaffaqiyatsiz tashqi siyosati, KXDRning yadro sinovlarini boshlashiga imkon berganini aytgandi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: