Oliy Liga, 21-tur. «Paxtakor» yana yutqazdi, «Lokomotiv»da navbatdagi g‘alaba

Sport 21:43 / 09.09.2016 10694

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 21-turi boshlandi. Turning birinchi kunida 7ta o‘yin o‘tkazildi.
Dastlab «Metallurg» — «Paxtakor» uchrashuvi o‘tkazildi va bu uchrashuvda Bekobod klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Amaldagi chempion «Paxtakor» darvozasini 24-daqiqada Murodjon Toshmatov aniq nishonga oldi. Aleksandr Lobanov darvozasi 69-daqiqada Islom Qobilov tomonidan ishg‘ol etildi: «Metallurg» — «Paxtakor» 2:0.

Mazkur g‘alabadan keyin Bekobod klubi ochkolari sonini 39 taga yetkazib oldi va liganing to‘rtinchi jamoasi bo‘lib turibdi. «Paxtakor»da esa 20 ta o‘yindan keyin 29 ochko bor. Klub bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishi uchun kamida 6 ochko ishlashi kerak.

Toshkentning yana bir jamoasi, ayni vaqtda turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan «Lokomotiv» jamoasi esa o‘z maydonida «Sho‘rtan»ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Mirzayev, Kapazde hamda Bikmayev gollarga mualliflik qilishdi.

Bu g‘alabadan keyin «Lokomotiv» hisobidagi ochkolar soni 55taga yetdi va jamoa eng yaqin ta'qibchisi «Nasaf»ni 9 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi «Andijon»ni kichik hisobda yengdi va turnir jadvalida 26 ochko bilan sakkizinchi o‘ringa joylashdi.

«Nasaf» esa «Buxoro»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Qarshiliklar jamoasi 46 ochko bilan ikkinchi o‘rinda, «Buxoro» esa 36 ochko bilan oltinchi o‘rinda joylashgan.

Qashqadaryo viloyatining yana bir jamoasi «Mash'al» esa Farg‘onada «Neftchi»ga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida ustun keldi.

Namanganda «Navbahor» «Olmaliq» bilan, Navoiyda «Qizilqum» «Qo‘qon-1912» bilan durang qayd etdi.

O‘zbekiston Oliy ligasi
21-tur

“Metallurg” – “Paxtakor” - 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 - 24 Toshmatov, 2:0 - 69 Qobilov.
"Metallurg": Sultonov, H.Hoshimov, Karimov, Odilov, No‘'monov, Shotursunov, Esonqulov, Karimqulov, Sulaymonov, Toshmatov, Qobilov.
"Paxtakor": Lobanov, Andreyev, Tojiyev, Oraxovats, Hoshimov, Ismatullayev, A.Ahmedov, Boltaboyev, Masharipov, Iskanderov, Hakimov.

“Lokomotiv” – “Sho‘rtan” - 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 - 47 Mirzayev, 2:0 - 69 Kapadze, 3:0 - 78 Bikmayev.
"Lokomotiv": Nesterov, Maxaradze, Abduxoliqov, Yanichich, Mirzayev, Mustafoyev, Kapadze, Shoahmedov, Aliboyev, Fayziyev, Gevorkyan. 
"Sho‘rtan": Turobov, Ergashev, Otaqulov, Amonov, Karimov, Mamadaliyev, Taran, Polvonov, Eshmurodov, Murodov, Magerramov.

“So‘g‘diyona” – “Andijon” - 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 - 65 Bahodirov
"So‘g‘diyona": Abdullayev, Oripov, Xolmuhammedov, Rashidov, Muzaffarov, Jo‘rayev, Xolmurodov, Qosimov, Hasanov, Eminov, Toshpo‘latov.
"Andijon": Xodjayev, Tagayev, Vasilev, Bekmurotov, Ilesku, Guseynov, Jo‘raboyev, Jo‘rayev, Bugnyak, Akbarov, Smolyachenko.

“Nasaf” – “Buxoro” - 3:0 (2:0, 1:0)
Gol: 1:0 - 10 Erkinov, 2:0 - 36 Sayfiyev, 3:0 - 75 Cheran.
“Nasaf”: Quvvatov, G‘aniyev, Muhammadiyev, Erkinov, Abdurahimov, Golban, A'zamov, Krasich, Musayev, Rahmatov, Sayfiyev.
“Buxoro”: Xudoyorov, Ne'matov, Shixov, Pardayev, Hasanov, Merzlyakov, Amanov, Mullajonov, Ibragimov, Sanoyev, Fomin.

“Neftchi” – “Mash'al” - 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 - 31 Murtazoyev, 0:2 - 33 To‘rayev, 1:2 - 88 Saidov.
"Neftchi": Yusupov, Po‘latov, Saidov, Qodirov, Hakimov, Maxstaliyev, G‘ofurov, Rasulov, Ermatov, Isroilov, Rahmonov.
"Mash'al": Nosirov, Komilov, Abduraimov, Qo‘ziboyev, Kamolov, Murtazoyev, Shaymanov, Shodmonov, Hamroyev, To‘rayev, Derkach.

“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:3 (0:2, 3:1)
Gollar: 0:1 - 7 Muxtorov, 0:2 - 27 Isayev, 1:2 - 47 Abdullayev, 2:2 - 48 Isoqjonov, 2:3 - 50 Inomov, 3:3 - 73 Mahmudov.
“Navbahor”: Parvanov, Bahritdinov, Jabborov, Mahmudov, Aleksin, Aliyev, Mahammadjonov, To‘ychiboyev, Isoqjonov, Shamsitdinov, Sangajiyev.
“Olmaliq”: Ortiqov, Akbarov, Gogol, Omonov, Mamazulumov, Pirimov, Isayev, Inomov, Asqarov, Muxtorov, Norbekov.

"Qizilqum" – "Qo‘qon-1912" - 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 - 18 Yunusov, 1:1 - 65 Otaqo‘ziyev.
“Qizilqum”: Jabborov, Kvesiashvili, Rustamov, Qambarov, Narzullayev, Jo‘rayev, Yunusov, Xasanov, Yovanovich, Shodiyev, Yusupov.
“Qo‘qon-1912”: Ashurov, Tursunov, Gojkovich, Valentich, Rahimov, Berdiyev, Hamidov, Siddiqov, Zokirov, Otaqo‘ziyev. Haydarov.

Ko‘proq yangiliklar: