O‘zbekiston boks terma jamoasi xalqaro turnirda ishtirok etadi

Sport 12:32 / 08.09.2016 12295

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 8-11 sentabr kunlari davomida Rossiyaning Omsk shahrida bo‘lib o‘tadigan Aleksey Tishchenko nomidagi xalqaro turnirda ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bergan.

Musobaqada O‘zbekistondan 7 nafar sportchi ishtirok etmoqda: Mironshoh Ibragimov (49 kg), Hasanboy Latiboxunov (- 52 kg), Sulaymon Latipov (- 56 kg), Ulug‘bek Do‘smurodov (-60 kg), Elyor Noraliyev (-64 kg), Sardor Yormuhamedov (-91 kg) va Ulug‘bek Mubinov (+91 kg). Jamoa murabbiyi Aziz Sharipov.

Musobaqada O‘zbekiston vakillaridan tashqari, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Afg‘oniston, Armaniston, Qozog‘iston va Rossiyadan 80 nafarga yaqin bokschilar kuch sinashadi. Shuningdek, Omsk terma jamoasi alohida jamoa sifatida qatnashadi. Musobaqa hakamlari xalqaro toifadagi AIBA hakamlari bo‘lib, ular orasida o‘zbekistonlik O‘ktam Bozorov ham bor.

Ko‘proq yangiliklar: