Pentagon: Liviya harbiylari tez orada Sirtni IShIDdan ozod etishadi

Jahon 10:47 / 08.09.2016 5890

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter ma'lum qildiki, Liviya qurolli kuchlari Sirt shahrini IShID jangarilaridan ozod etish arafasida turishibdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatgan.

«Men ular (liviyalik harbiylar) tez vaqt ichida shaharda qarshilik ko‘rsatayotgan kuchlarni yengishini kutayapman», — degan Karter.

U shuningdek, shahar ozod qilinganidan keyin ham AQSh Liviya hukumatiga yordam ko‘rsatishda davom etishini ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq, jangarilarga qarshi Sirtda olib borilgan janglar vaqtida Liviya armiyasining 34 nafar harbiysi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Liviya harbiylari 28 avgust kuni Sirtdagi IShID jangarilariga qarshi keng ko‘lamli hujum boshlagani haqida e'lon qildi. Harbiy harakatlar hududda shu yilning iyun oyida boshlangandi. Ayni vaqtda Liviya qurolli kuchlari jangarilarning katta qismini shahardan surib chiqargan.

Ko‘proq yangiliklar: