Aleksis Sanches: «O‘zimni Messi va Ronaldudan kuchsizroq deb bilmayman»

Sport 16:46 / 08.09.2016 10492

«Arsenal» hujumchisi Aleksis Sanches o‘z o‘yini haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men shunday darajaga chiqdimki, endi yuqori saviyali futbolchilar bilan raqobatlasha olaman.

Men hech qachon o‘z o‘yinimni yomon deb hisoblamaganman. O‘zimni Messi va Ronaldu bilan tenglashtira olaman.

Menda ham ulardagi kabi salohiyat mavjud», – degan Sanches Sport English nashriga.

Hujumchi o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra «Arsenal» safida 41ta o‘yin o‘tkazib, 17ta gol urgan va 11ta golli uzatmani amalga oshirgandi.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: