MDH davlatlari jinoyatchilikka qarshi davlatlararo dasturni ishlab chiqishadi

Jamiyat 10:08 / 07.09.2016 4554

MDH davlatlari politsiya boshqarmalari transchegaraviy jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha birgalikdagi chora-tadbirlar davlatlararo dasturini ishlab chiqishadi. Bunday topshiriq 6 sentabrda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan, MDH davlatlari ichki ishlar vazirlari kengashi yakunlariga ko‘ra MDHda uyushgan jinoyatchilik va jinoyatchilikning xavfli turlariga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish byurosi tomonidan berildi.

Rossiya ichki ishlar vazirligi matbuot markazining ma'lum qilishicha, kengashda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Ozarbayjon,  Armaniston ichki ishlar vazirlari hamda MDHning ijrochi kotibi Sergey Lebedev va MDH davlatlarining mutassadi rahbarlari ishtirok etdilar.
Dastur 2019-2023 yillarga mo‘ljallanadi.
Kengashda, jumladan, o‘g‘rilangan transport vositalarini izlash va qaytarish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish qarori qabul qilindi. 

Giyohvand moddalar noqonuniy bozorida sintetik giyohvand moddalar ulushining ko‘payishi sababli uning qayta shakllanishi va bunday giyohvand moddalar miqdorining keskin ortishi bilan bog‘liq holda bu sohada faoliyat yurituvchi huquq-tartibot muassasalari o‘zaro harakatlarining yangi algoritmi ishlab chiqildi.

"Bundan tashqari, ekstremistik xarakterdagi xavflarga ichki ishlar idoralarining javob berishi, MDH fuqarolarining Yaqin Sharq mintaqasida qurolli mojarolarda ishtirok etayotgan noqonuniy tuzilmalarga jalb qilinishiga qarshi kurash bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi", deyilmoqda xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: