Higuain – A Seriyaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi

Sport 17:53 / 07.09.2016 5867

“Yuventus” hujumchisi Gonsalo Higuain Italiya chempionatining eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga  ekanligini aniqlandi.

Gazzetta dello Sport nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, argentinalik hujumchi “Yuventus”da yiliga 7,5 million yevro maosh oladi. Higuain bu borada boshqalarni ortda qoldirdi. Undan keyingi o‘rinni “Roma” yarim himoyachisi Daniele De Rossi egalladi. De Rossi yiliga 6,5 million yevro maosh olishi ma'lum bo‘ldi.

Uchinchi o‘rinni Edin Jyeko (“Roma” va Miralem Pyanich (“Yuventus”)lar joy olishdi. Ikkisi ham bir yillik maoshi 4,5 mln yevroni tashkil qildi.

Ko‘proq yangiliklar: