AQShda hashamatli yaxta taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Jamiyat 11:55 / 07.09.2016 10242

AQShda bo‘lib o‘tayotgan Fort Lauderdale International Boat Show 2016 ko‘rgazmasida 69-metrli, hashamatli Suerte yaxtasi namoyish etiladi. Bu haqda, ko‘rgazma matbuot bayonnomasida ma'lum qilingan. Kema Italiyaning Tankoa Yachts verfida barpo etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning sentabr oyida Monakodagi qayiqlar shousida taqdimoti o‘tkazilgandi.

Unda basseyn va vertolyot uchun qo‘nish maydonchasi bor. Yaxtaning ichida barli dam olish hududi, sanuzel, uqalash xonasi, dengizga bevosita ochiluvchi sauna va hammom ham bor. 

Uning old tomonida 16 kishilik stol va divanlar joylashtirilgan. Kuzatuv minorasida tomosha maydonchasi joylashtirilgan bo‘lib, u yerga mashq xonasidan lift orqali chiqish mumkin. 

Bundan tashqari, yaxtada keng garaj bo‘lib, unda ikkita 7,5-metrlik 13 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan, 260 ot kuchiga ega Dariel tenderi, Seabobs CAYAGO F7 skuteri joylangan. 
 

Ko‘proq yangiliklar: