Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokudagi O‘zbekiston elchixonasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston 12:48 / 06.09.2016 14666

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokudagi O‘zbekiston elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqida Ozarboyjon rahbarining matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Tashrif davomida Ilhom Aliyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Shuningdek u ta'ziya kitobida yozuv qoldirdi. 

Ozarboyjon prezidenti O‘zbekiston elchisi Sherzod Fayziyev bilan suhbatlashdi. Ilhom Aliyev O‘zbekistonning elchisiga o‘z hamdardligini bildirdi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: