Klinton: Sog‘lig‘im va Clinton Foundation atrofidagi mish-mishlar bilan ishim yo‘q

Jahon 09:56 / 06.09.2016 4761

AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton, Suriya osmonidagi parvozlardan xoli hudud tashkil etishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Bundan tashqari, uning qayd etishicha, mabodo prezident sifatida saylangudek bo‘lsa, Guantanamo qamoqxonasini yopish, hozirgi davlat rahbari Barak Obama muddati yakunigacha bu ishni uddalay olmasa, AQSh yangi ma'muriyati maqsadlaridan biri bo‘ladi. 

Klinton xonimning ta'kidlashicha, u salomatligi to‘g‘risidagi «mish-mishlarga umuman e'tibor bermaydi». Shu bilan birga, Clinton Foundation atrofidagi shov-shuvlar sabab ham qayg‘urmaydi. 

Avval xabar qilinganidek, AQSh prezidentligi uchun nomzodlardan biri respublikachi Donald Tramp 2016 yil iyulidan beri ilk marotaba Hillari Klintonni ortda qoldirgani xabar qilingan edi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: