Qatar – O‘zbekiston uchrashuvi 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Sport 17:55 / 05.09.2016 30139

Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi, ikkinchi tur o‘yinlari doirasidagi Qatar – O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasining murojaatiga ko‘ra, Qatarga qarshi o‘yin O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning yorqin xotirasi uchun 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Qatarga qarshi o‘yinda qora rangdagi motam bog‘ichida maydonga tushadilar.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: