Qatar bosh murabbiyi: Eron bilan o‘yinni unutib, O‘zbekiston bilan o‘yinga e'tibor qaratamiz

Sport 17:38 / 05.09.2016 14437

Jahon chempionati 2018 so‘nggi saralash bosqichi doirasida Eronga qarshi bahsdan so‘ng, Qatar terma jamoasi juma kuni Doha shahriga qaytib keldi va 6 sentabr kuni Jassim Bin Hamad stadionida o‘tkaziladigan O‘zbekistonga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi.

O‘zbekiston terma jamoasi bilan bahsdan so‘ng, Qatar, Janubiy Koreya, Suriya va Xitoyga qarshi maydonga chiqadi.

Qatar murabbiyi, Hose Karreno kechagi mashg‘ulotdan so‘ng Qatar futbol assotsiatsiyasi rasmiy saytiga intervyu berdi: Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar berdi.

"Futbolchilarga Erondan qabul qilingan alamli mag‘lubiyatni unutishlarini va O‘zbekistonga qarshi bahsda bor kuchlari bilan o‘ynash kerakligini uqtirdik. Tarkib bilan bog‘liq hech qanday muammolar yo‘q. Futbolchilarning hech biri jarohatlanmagan. Har bir o‘yinchidan O‘zbekiston bilan bo‘ladigan o‘yinda foydalanishimiz mumkin. Shu o‘rinda, muxlislardan bevosita stadiondan turib o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlashlarini so‘ragan bo‘lardim. Chunki, muxlislar o‘yinchilarimizning ruhiyatini ko‘tarishdagi asosiy omildir”.

Eslatib o‘tamiz, Qatar terma jamoasi Jahon chempionati-2018 so‘nggi saralash bosqichida Eronga qarshi bahsda o‘yinning qo‘shib berilgan daqiqalarida Rizo G‘uchanajjot va Alirizo Jahonbahsh tomonidan urilgan gollar evaziga Ozodiy stadionida mag‘lubiyatga uchragandi.

Manba: Tribuna.uz:

Ko‘proq yangiliklar: