Buyuk Britaniyada yuzlab qochqin bolalar izsiz g‘oyib bo‘lgan

Jamiyat 12:31 / 05.09.2016 10221

Buyuk Britaniyaga kattalar kuzatuvisiz kelgan yuzlab qochqin bolalar mamlakat hududida g‘oyib bo‘lishdi, deb yozmoqda The Independent nashri mamlakat ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga tayangan holda. 

Nashrning yozishicha, so‘nggi besh yilda mamlakatga kattalarsiz 9287 nafar voyaga yetmagan bola kirib kelgan. Ular, oilalar va bolalar uylariga taqsimlangan edi. Shundan so‘ng, ijtimoiy soha xodimlari ularning yangi sharoitlarga moslashib ketganini nazorat qilishlari talab etiladi. 

Biroq, shu davr mobaynida 360 nafar bola bedarak yo‘qolgan. Hukumat esa, ularning qayerdaligi borasida aniq ma'lumotga ega emas, deb yozadi nashr. Bunda ikki yuzdan ortig‘i ijtimoiy xizmatchilar bilan ikki yildan ortiqroq vaqtdan beri muloqot qilishmagan. 

Ularning odam savdosi qurboni, jinsiy tajovuz va yoki qullikka duchor bo‘lgani ehtimol. Bundan tashqari, bolalar ruhiy aziyat, tushkunlik, hukumatga ishonchsizlik hamda deportatsiya xavfidan qo‘rqib, qochib ketgan bo‘lishi ham mumkin. 

Angliya bolalar komissari Anna Longfild allaqachon hukumatga murojaat qilib, yo‘qolgan bolalarni qidirish ishlarini boshlab yuborishga chaqirgan. 

Avvalroq, Germaniyada 18 yoshdan kichik qochqin bolalarning shu yil boshidan beri yo‘qolganlari soni qariyb 9 ming nafarni tashkil etgani xabar qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: