AQSh razvedkasi Xitoy nomiga bildirilgan kesatiq uchun uzr so‘radi

Jahon 07:57 / 05.09.2016 13832

AQSh mudofaa vazirligining razvedka boshqarmasi tvitterda Xitoy nomiga bildirilgan tanqid uchun uzr so‘radi, deb xabar bermoqda CNN.

Avvalroq boshqarma tvitterida Xitoyning Xanchjou shahriga G20 sammitida ishtirok etish uchun kelgan AQSh prezidenti Barak Obama "sovuq" kutib olinganiga izoh berilgan xabar paydo bo‘lgandi.

"Har doimgidek ajoyib, Xitoy", deb kesatiq qilingandi tvitda.

Biroq keyinroq yozuv olib tashlangan, razvedka boshqarmasi esa uning chop etilishi uchun uzr so‘ragan.

"Bugun akkauntdan xato chop etilgan tvit olib tashlandi. U razvedka boshqarmasining fikrini aks ettirmaydi. O‘z uzrimizni keltirib qolamiz", deb aytilgan xabarda.

Obama Xitoyga kelgach, samolyotdan tushayotganda unga trap asosiy eshikdan emas, balki zaxira eshigidan berilgan. Bundan tashqari, Obama oyog‘i ostiga, odatda yuqori martabali mehmonlarni kutib olishda rusum bo‘lganidek, qizil gilamcha yozilmagan. Biroq Obamaning o‘zi ushbu holatga izoh berib, "uni haddan tashqari bo‘rttirmaslik kerakligini" aytgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: