Ramzan Qodirov o‘zbek xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston 11:19 / 04.09.2016 60203

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ko‘plab davlat rahbarlari va hukumatlar vakillari o‘zbek xalqiga o‘z hamdardligini bildirishmoqda.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham o‘zining instagramdagi sahifasida shu munosabat bilan ta'ziyasini izhor etdi.

"Ollohning irodasi bilan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning hayot yo‘li poyoniga yetdi. Men o‘zbek xalqi, shuningdek Islom Abdug‘aniyevichning oila a'zolari va yaqinlariga o‘z hamdardligimni bildiraman. Olloh rahmatiga olgan bo‘lsin", - deyilgan Qodirovning murojaatida.

 

Ko‘proq yangiliklar: