Latviya prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston 01:38 / 04.09.2016 17276

Latviya prezidenti Raymond Veyonis O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan butun o‘zbek xalqi va marhumning oilasiga hamdardlik bildirdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Veyonis Karimovni Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta'minlagan buyuk siyosiy arbob deb atadi. "Prezident Karimov Latviya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga ulkan hissa qo‘shdi. Uning Markaziy Osiyodagi xavfsizlikni mustahkamlashdagi roli qanchalik kattaligini baholashning imkoni yo‘q", deyilmoqda hamdardlik matnida. 

Islom Karimov Latviyaga 1995, 2004 va 2013 yillarda tashrif buyurgan. Shuningdek, Latviya prezidentlari ham bir necha marotaba O‘zbekistonga tashrif buyurganlar.

Ko‘proq yangiliklar: