Turkiyada harbiylar va Kurdiston ishchi partiyasi a'zolari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 40 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi

Jahon 17:13 / 03.09.2016 11362

Turkiyaning Van va Mardin viloyatlarida Kurdiston ishchi partiyasi a'zolari bilan hukumat armiyasi o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 11 harbiy halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.   

Ta'kidlanishicha, uch nafar harbiy Van viloyatidagi Dargechita blokpostiga hujum vaqtida, yana 8 harbiy Mardin viloyatining tog‘ yonbag‘irlaridagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan. 

O‘z navbatida Turkiya armiyasi Kurdiston ishchi partiyasining 33 a'zosini yo‘q qildi, yana 30 nafar jangari turli jarohatlar olgan.

Ko‘proq yangiliklar: