Pakyao: Boksga tushmaganimdan beri yolg‘izlanib qoldim

Sport 11:35 / 02.09.2016 6436

Professional boks bo‘yicha jahonning sakkiz vazn toifasida chempioni Menni Pakyao bokschilik faoliyatini tugatish qarorini o‘zgartirdi. U, ringdan tashqarida juda zerikkanini tan olgan. 

"Men boksni sog‘indim. Men boks olamida o‘sdim. Ringga chiqmaganimdan beri o‘zimni yolg‘iz his qilayapman. Boks – mening his-hayajonimdir.

Men Vargasni kamsitmoqchi emasman. U chempion va men har doim raqiblarimni kuchli bokschi deb bilganman", - deya Pakyao so‘zlarini keltiradi Ring TV.

Xabarlarga ko‘ra, Pakyao shu yilning 5-noyabrida ilk o‘rta vazn toifasida WBO tasnifi bo‘yicha jahon chempioni Jyessi Vargas bilan ringga chiqadi.

Ko‘proq yangiliklar: