Bayden: Trampga yadroviy arsenalni ishonib bo‘lmaydi

Jahon 10:37 / 02.09.2016 4882

AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden mamlakat prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga milliy yadroviy arsenalni ishonib bo‘lmasligini aytdi. Bu haqida Associated Press ma'lum qildi

"Shunchaki tasavvur qilib ko‘ring-a, yadroviy quroldan foydalanish masalasini qayta ko‘rib chiqishga va'da bergan insonga yadroviy kodlar topshirilsa", - dedi Bayden Ohayo shtati, Lordstaun shahrida kasaba uyushmalari uchrashuvida. 

Shuningdek Bayden Donald Trampni yomon odam deb hisoblamasligi, biroq uning mutlaqo uquvsiz ekanligini aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: