Porsche kompaniyasi eng qudratli va tezkor Macan’ni namoyish qildi

Fan-texnika 18:56 / 01.09.2016 9349

Porsche kompaniyasi Macan — Turbo modelining top versiyasi uchun Performance sport-paketini namoyish qildi. U nemis rusumi ixcham krossoverining eng qudratli va tezkor modifikatsiyasiga aylandi. 

Performance paketli Porsche Macan Turbo 3,6 litrli olti silindrli ikki turbo motori bilan ta'minlangan, uning kuchi - 440 ot kuchiga teng. Dvigateli zamonaviylashtirilgan yetti pog‘onali PDK “robot”i yordamida ishlaydi. 

Krossover ilk “yuzlik”ni 4,4 soniyada torta oladi, bu standart Macan Turbo’dan 0,4 soniyaga tezroq degani. Soatiga 80 kilometrdan 120 kilometrgacha tezlashish uchun 2,9 soniya ketadi (0,2 soniyaga kam). Maksimal tezlik soatiga 7 kilometr, ya'ni 272 kilometrgacha o‘sdi.

Krossoverning boshlang‘ich bahosi - 6 million 645 ming rubl.

 

Ko‘proq yangiliklar: