Monako hududi sun'iy ravishda kengaytiriladi

Jahon 22:16 / 31.08.2016 9780

Bouygues fransuz kompaniyasining muhandislik bo‘limi Monako hududini dengizda sohil chizig‘ini ajratish hisobiga kengaytirish loyihasi bilan shug‘ullanadi. Loyihaning qiymati 1 mlrd yevroni tashkil qiladi.  

Loyihachilarning rejalariga ko‘ra, Monako maydoni 2025 yilda 6 gektarga kengayadi.

Yangi hudud balandligi 26 metr va har birining og‘irligi 10 tonna bo‘lgan 18 ta trapetsiyasimon beton balka bilan o‘ralgan tepalik natijasida paydo bo‘ladi. Yangi hududda umumiy maydoni 60 ming kvadrat metr bo‘lgan turar joy binolari qad rostlaydi hamda "Grimaldi Forum" konsert zali kengaytiriladi, parkovka, bog‘lar quriladi.

Qurilishda alohida e'tibor atrof-muhitni himoya qilishga ajratiladi.

Monako aholisi zichligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinlarda turadi, bu yerda bir kvadrat kilometrga 18,7 ming kishi to‘g‘ri keladi.

Ko‘proq yangiliklar: