Xakerlar Dropbox xizmatining 68 mln akkauntini o‘g‘irladi

Fan-texnika 18:54 / 31.08.2016 4226

Xakerlar fayllar saqlashga mo‘ljallangan Dropbox xizmatining 68 mlndan ortiq login va parollarini o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda Motherboard. Nashr, o‘g‘irlangan axborotlar bilan tanishib chiqqan. 

Mazkur ma'lumotlar soxta emas, degan Dropbox xizmatining yuqori lavozimli vakili. Axborot xavfsizligi mutaxassisi Troy Hant (Troy Hunt) ham rafiqasining paroli misolida ma'lumotlar o‘g‘irlanganini tasdiqlagan. 

Avgust oyi boshlarida Dropbox foydalanuvchilariga maktub yo‘llab, kompaniya tizimiga noqonuniy kirish amalga oshirilgani uchun parollar bekor qilinganini ma'lum qilgandi. 

Motherboard nashriga ko‘ra, 32 mln parol Bcrypt xeshlash vositasida ancha kuchli shifrlangani bois, xakerlar ularni ochishni uddalashi dargumon.  Qolganlari birmuncha eski SHA-1 algoritmi bilan himoyalangan.

 

Ko‘proq yangiliklar: