XXI asr o‘rtalariga qadar AQShda yangi qiruvchi samolyotlar yaratiladi

Texnologii 21:09 / 30.08.2016 10080

AQSh harbiy havo kuchlari (HHK) 2040-yillarda paydo bo‘ladigan bo‘lajak qiruvchisiga talablarni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqida Defense News xabar berdi. 

NGAD (Next Generation Air Dominance) va PCA (Penetrating Counter Air) deb nomlangan samolyot loyihalari dastlabki muqobil bosqichda. Loyihalarga doir ishlar Rayt-Patterson aviabazasida (Ohayo shtatida) “2030 yilda havoda hukmronlik qilishga oid muammolarni tadqiq qilish guruhi bilan hamkorlikda” (Air Superiority 2030 ECCT) olib borilgan. 

Manbaga ko‘ra, bunday samolyotni 2040 yildan erta yaratib bo‘lmaydi. Shunga qaramay, ba'zi harbiylarning ta'kidlashicha, bu ishni bort tizimlarini parallel loyihalashtirish va modellashtirishni keng qo‘llash hisobiga tezlashtirish mumkin. 

Bu guruhni boshqaruvchi brigada generali Aleksus Grinkevichning ma'lum qilishicha, HHK hozircha “oltinchi avlod” yoki “keyingi avlod” kabi iboralarni qo‘llashga shoshilmayapti. Ular gap oldingilaridan keskin farq qiluvchi ma'lum bir platforma haqida emas, jangovor tizim tarmog‘i haqida ketayotganini ta'kidlashdi.  

Ushbu tarmoqqa raqib hududiga o‘tmasdan zarba berishga qodir uchuvchi qurilmalardan tashqari, bir qator kibertizimlar, kosmik tizimlar, shuningdek radioelektron kurash vositalari kiradi. Grinkevichning so‘zlariga ko‘ra, bu uchuvchilar o‘rgangan oddiy qiruvchi samolyot emas.

Kelajakning ko‘p maqsadli NGAD qiruvchi samolyoti F/A-XX belgisi ostida ham tanilgan. Birinchi navbatda, u F/A-18 samolyotlarining o‘rnini bosishi kerak, shu bois asosiy manfaatdor tomon – flot aviatsiyasi. Boeing korporatsiyasi 2013 yilda ushbu loyiha asosida ishlab chiqishga tayyor samolyot konsepsiyasini namoyish qilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: