Obama Pekinda Erdo‘g‘an bilan uchrashadi

Jahon 07:16 / 30.08.2016 3755

AQSh prezidenti Barak Obama Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan 4 sentabrda uchrashadi. Bu haqda Obama yordamchisi Ben Rods ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, uchrashuv Pekinda bo‘lib o‘tadi. Rodsning aytishicha, prezidentlar Turkiyadagi vaziyatni, Suriya va Iroqda IShIDga qarshi kurashishni hamda Suriyadagi vaziyat va muhojirlar inqirozini muhokama qilmoqchilar. 

Obama va Erdo‘g‘an Pekinga G20 sammitida ishtirok etish uchun keladilar.

 

Ko‘proq yangiliklar: