Qirg‘iziston hukumati Xitoy elchixonasidagi portlashni terakt sifatida baholadi

Jahon 11:46 / 30.08.2016 4776

Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jyenish Razakov Xitoy elchixonasida yuz bergan portlash xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.

"Halok bo‘lgan - xudkush terrorchi. Elchixona qo‘riqchilari jarohatlangan. Ular Qirg‘iziston fuqarolari", deya Razakovning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.

Nom'lum shaxs Bishkekdagi Xitoy elchixonasi darvozasini buzib kirmoqchi bo‘lgan va avtomobilni portlatgan. Hujum oqibatida jarohatlangan 2 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Ko‘proq yangiliklar: