BAAda ayollar uchun avtoturargohlar tarmog‘i barpo etildi

Jamiyat 15:46 / 30.08.2016 3924

Birlashgan Arab Amirliklari Abu-Dabi shahri hukumati ko‘p qavatli binolar va shahar ko‘chalarida ayollar uchun maxsus avtoturargohlarni jihozlashdi, deb xabar qilgan amirlikda chop etiladigan The National nashri.

Jami bo‘lib, oq va pushti ranglarga bo‘yalgan 200ga yaqin avtoturargohlar paydo bo‘lgan. 

Abu-Dabi munitsipal ishlari va transport departamenti xabariga ko‘ra, bu joylar ayollarning "mashinalariga bo‘sh joy qidirishlari va ularning shaxsiy daxlsizligini ta'minlanishida yordam beradi".

Ayollar uchun avtomobil turarjoylari shaharning turli hududlarida, davlat idoralari, mehmonxona va sohilbo‘yida o‘rnatilgan. 

Inspektorlar, mazkur maxsus joylarga erkaklar o‘z mashinalarini joylashtirmasligini nazorat qilib turishadi. Qoidabuzarlarga jarima solinishidan tashqari, ularning avtomobili musodara qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: