Rim 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik uchun bergan arizasini qaytarib oladi

Sport 22:11 / 29.08.2016 5641

Rim shahri 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlari va Paralimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilish bo‘yicha topshirgan arizasini qaytarib oladi. Bu haqda Inside the games portali ma'lum qilgan.

2 oy oldin shahar meri etib saylangan Virjiniya Radji 29 avgust kuni Rim Olimpiada-2024 mezbonligi uchun kurashdan chiqishi haqida e'lon qiladi.

Radji yil avvalida o‘zining saylovoldi kampaniyasi doirasida Rim shahri Olimpiada o‘tkazish bilan emas, o‘zining iqtisodiy muammolari bilan shug‘ullanishi kerakligini aytgandi.

Ayni vaqtda 2024 yilgi Olimpiada mezbonligi uchun da'vogar shaharlar soni 4ta: Rim, Budapesht, Parij va Los-Anjyeles.

Ko‘proq yangiliklar: