Nozikta'b insonlar didiga mos gilamlar Bazaar Carpet do‘konlarida (fotogalereya)

Light 09:08 / 29.08.2016 27842

Xona intereriga moslab tanlangan sifatli gilam har doim nafaqat xonadon egasining, balki unga tashrif buyurgan mehmonlarning ham bahri dilini ochib, unga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlaydi. 
Toshkent shahrining markaziy tumanlarida joylashgan Bazaar Carpet do‘konlari sizga aynan shunday, o‘zining dastlabki chiroyini yo‘qotmay, yillar davomida beminnat xizmat qiluvchi gilam xarid qilishingizga yordam beradi.

Ushbu do‘konlarda Turkiya, Eron, Germaniya, Hindiston, Nepal, Braziliya va boshqa davlatlardan keltirilgan, dunyo tan olgan xalqaro brendlarning asl gilam mahsulotlarini topishingiz mumkin.
Toshkent shahrida 10 yildan ortiq faoliyat yuritib kelayotgan Bazaar Carpet do‘konlarida har qanday nozikta'b inson ham 10 000 xil, turli-tuman gilamlar orasidan o‘z didiga mos gilamni topishi aniq.

Shu bilan bir qatorda do‘kon xodimlari o‘zlarining uzoq yillar davomida to‘plangan tajribalariga asoslanib sizga to‘g‘ri tanlov qabul qilishingizda ko‘maklashadilar va xarid qilgan gilamingizni yaxshi saqlash borasidagi maslahatlarini ayamaydilar.


Zero, Bazaar Carpet do‘konidan xarid qilingan har qanday gilam mahsuloti sifatiga kafolat beriladi. 

Sizga qulay vaqtda xonadoningizga tashrif buyurib, o‘lchamlarni olish, gilamni yetkazib berish, gilam xonangizga to‘g‘ri kelmagan holatda, uni almashtirib berish xizmatlari esa mutlaqo bepul. 
Bundan tashqari, ayni vaqtda barcha Bazaar Carpet do‘konlarida modern uslubidagi gilamlarga 50% gacha chegirmalar mavjud.

Kuz mavsumida esa xilma-xil sara gilamlarning yangi kolleksiyasi taqdim etilishi kutilmoqda.

Aytgancha, eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz — Respublikamiz Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Bazaar Carpet do‘konlarida ishonchli xaridorlar uchun maxsus xizmat turi tashkil etilgan. Bu aksiya yordamida xaridor o‘ziga ma'qul gilamni kredit asosida xarid qilishi mumkin.

Ushbu kreditning qulay tomoni shundaki bunda hech qanday foizlar yo‘q. Xaridor o‘zining pasport nusxasini do‘kon menejyerlariga topshirib, do‘kon bilan shartnoma tuzsa kifoya.
Qilingan xaridning qiymatidan kelib chiqib, xaridor ma'lum miqdordagi boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirib, qolgan qismini esa 3-4 oy mobaynida bo‘lib to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Shoshiling, bunday yaxshi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang! Bazaar Carpet do‘konidan bir marotaba gilam xarid qilib, uning doimiy mijoziga aylanishingizga shubha yo‘q! 

Manzillar:
 Toshkent shahri, Kichik Xalqa yo‘li. Mo‘ljal: Korzinka.uz (Aeroport);
 Toshkent shahri, Markaz-5, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 38-a uy. Mo‘ljal: Central kafesi ro‘parasida;
 Toshkent shahri, Chexov ko‘chasi, 4-uy. Mo‘ljal: Perfectum Mobile aloqa operatori bosh ofisi.

Telefonlar:
 850 08 08 
 840 08 08
 

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: