Tramp prezidentligining ilk kunidanoq noqonuniy muhojirlarni mamlakatdan haydashni va'da qildi

Jahon 09:10 / 28.08.2016 9432

AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Donald Tramp Ayovadagi saylovoldi nutqida AQSh hududida jinoyatlar amalga oshirib kelayotgan minglab noqonuniy muhojirlarni mamlakatdan chiqarib yuborishga va'da qildi.

"Men prezident bo‘lsam, birinchi kundanoq bu mamlakatni noqonuniy muhojirlardan tozalashga kirishaman. Obama va Klinton ma'muriyati vaqtida yuz minglab noqonuniy muhojirlar qamoqxonadan ozodlikka qo‘yib yuborilgan", deya Trampning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

U shuningdek Meksika bilan chegaralarda baland devorlar qurilishini ta'kidlagan.

Ko‘proq yangiliklar: