"Sport" telekanali Kolumbiyadagi futzal bo‘yicha jahon chempionatini translyatsiya qiladi

Sport 17:31 / 28.08.2016 8821

O‘zbekiston MTRKning "Sport" telekanali Kolumbiyada bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlarini namoyish etish huquqini qo‘lga kiritdi.Ushbu turnir 2016 yilning 10 sentabridan 1 oktabrigacha o‘tkaziladi va unda O‘zbekiston futzal terma jamoasi ham ishtirok etadi.O‘zbekiston terma jamoasi futzal bo‘yicha mundialning "A" guruhida Kolumbiya, Portugaliya, Panama jamoalariga qarshi o‘ynaydi.O‘zbekistonlik o‘yinchilar ilk bahsda Panama terma jamoasiga qarshi bahs yuritadi. Ushbu uchrashuv 11 sentabr kuni tonggi soat 04:00da boshlanadi.Bugun O‘zbekiston futzalchilari Eron terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Ko‘proq yangiliklar: