Yaponlarning yangi reaktiv yo‘lovchi samolyoti sinov parvozini boshladi

Fan-texnika 11:28 / 28.08.2016 8446

Yaponlarning yangi Mitsubishi Regional Jet (MRJ) yo‘lovchi samolyoti konditsiya tizimidagi muammo bartaraf etilgach, AQShga sinov parvozini boshladi. Bu haqda Kyodo xabar bergan.

Mitsubishi Aircraft Corporation kompaniyasi samolyoti Yaponiyaning Nagoya shahridan uchgan. Rejaga ko‘ra, samolyot avvaliga Xokkaydoda to‘xtaydi. Keyin Rossiya va Alyaskada ham yonilg‘i to‘ldirish uchun qo‘nadi.

Yakunda samolyot AQShning Vashington shtati hududidagi Grant Kaunti nomli xalqaro aeroportida to‘xtashi rejalashtirilgan.

MRJ - yaponlarning ilk reaktiv yo‘lovchi samolyoti bo‘lib, u 2500 soat davomida ucha olsa, xavfsizlik sertifikatini oladi.

Ko‘proq yangiliklar: