Turkiyada politsiyachi ayollarga hijob kiyib yurishga ruxsat berildi

Jahon 23:38 / 27.08.2016 10129

Turkiyada politsiyachi ayollarga uniformaning bir qismi sifatida hijob kiyib yurishga ruxsat berildi. Bu haqda Resmi Gazete gazetasi ma'lum qildi.    

Gazetada chop etilgan qarorga ko‘ra, ayol politsiyachilarga agar ro‘mol uniforma rangi kabi bo‘lsa va unda suratlar bo‘lmasa, uni xizmat bosh kiyimi ostidan kiyib yurishga ruxsat berildi.

Buni Turkiyaning bosh muxolif Xalq-respublika partiyasi rahbari o‘rinbosari Vali Akbaba tanqid qildi va uni politsiyaning betarafligi tamoyilini buzishini aytdi.

"Politsiyachilar tomondan o‘z diniy farqlarini namoyish qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, bu jamiyatdagi nifoqni oshiradi", deb Akbabaning aytgan so‘zlarini keltirib o‘tdi Cumhuriyet nashri.

2013 yilda Rajab Toyib Erdo‘g‘an boshchiligidagi Turkiya hukumati 1923 yildan beri amal qilib kelgan, davlat xizmatchilariga hijob kiyib yurishga taqiqlovni bekor qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: