Italiyadagi zilzila qurbonlari soni 281 nafarga yetdi

Jahon 07:55 / 27.08.2016 4309

Ayni vaqtga kelib Italiyadagi zilzilalar qurbonlari soni 281 nafarga yetdi. Bu haqda Rai News telekanali xabar bermoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 388 kishi shifoxonalarga yotqazilgan va 2,5 mingdan ko‘proq odam boshpanasiz qolib ketgan. 

Italiya hukumati 27 avgustni zilzila qurbonlari xotirasiga mamlakatda motam kuni deb e'lon qilishga qaror qildi.

Qutqaruvchilar zilziladan aziyat chekkan Amatriche, Akkumoli, Peskara-del-Tronto va Arkuata-del-Tronto shaharlaridagi xarobalar ostida qolib ketgan odamlarni qidirishni va zilzila oqibatlarini bartaraf etishni davom ettirishmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: